Gʻayrat Shukurov




Gʻayrat Shukurovich Shukurov (1950-yil 2-dekabr, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.

Biografiyasi



Gʻayrat Shukurov 1950-yil 2-dekabr Payariq tumanida tavallud topgan. 1973-yil Samarqand davlat arxitektura qurilish institutini tugatgan. 1973-yildan bu institutda faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Hozirda „Bino va inshootlarni loyihalash“ kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati



Gʻayrat Shukurov „Qurilish fizikasi“, „Arxitekturaviy fizika“, „Bino va inshootlar arxitekturasi“ va binolar energiya samaradorligin oshirish masalalari bilan shugʻullanadi. 4 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya va 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan 2022-yil 31-mayda „Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar“ ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz