G‘ayrat Fozilov
G‘ayrat Gʻaniyevich Fozilov — oʻzbek diplomati. 2018-2021-yillarda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi.
Biografiya
1974-yil 14-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini (bakalavriatura), 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Fransuz va ingliz tillarini biladi.
1996-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari boshqarmasi attashesi.
1999-2002 — Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi attashesi.
2002-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari boshqarmasi uchinchi kotibi.
2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati kichik mutaxassisi.
2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosiy faoliyat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.
2006-2010 — Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi birinchi kotibi, maslahatchisi, muvaqqat ishlari vakili.
2010-2012 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi kadrlar va o‘quv yurtlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.
2012-2015 — O‘zbekiston Respublikasining NATO huzuridagi missiyasi maslahatchisi.
2015-2017 - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2017-2021 — O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2021-yil 8-apreldan — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
Manbalar
uz.wikipedia.org