GAYMANOV MOZORQO’RG’ONI



GAYMANOV MOZORQO’RG’ONI – qadimgi mozorqo’rg’on (miloddan avvalgi 4-asr). Ukrainadagi Zaporoje viloyatining Vasilev tumanidagi balki qishlog’i yaqinida joylashgan. Qo’rg’on atrofi tosh terib (toshg’ov) ihotalangan. 1969-70 yillarda tekshirilgan. Gaymanov mozorqo’rg’onidan skiflarning “hayvon uslubi”da ishlangan 250 dan ziyod oltin bezaklari, shuningdek qurolyarog’, sopol idishlar, ko’plab ro’zg’or buyumlari topilgan. Skif jangchilarining bo’rtma tasviri tushirilgan kumush zarhal idish ayniqsa diqqatga sazovor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz