Gayenxofen qalʼasi




Gayenxofen qalʼasi (nemischa: Schloss Gayenhofen, avval nemischa: Burg Bludenz) — Avstriyaning Bludenz shahridagi (Vorarlberg federal shtati) klassitsizm qasri (saroyi), 1746-yilda qurilgan; 1222- va 1245-yillar orasida Verdenberg graflari tomonidan qurilgan Bludenz oʻrta asr qal’asi oʻrnida joylashgan. Qal’a shahar bilan birga XV asrda Gabsburglar qoʻliga oʻtgan; 1448-yilda arsgertsog Sigismund hududni Rotund qal’asiga almashtirgan (nemischa: Rotund). 1491-yilda Bludenzdagi qal’a butunlay yonib ketgan.

Tarix



Bludenz qal’asi 1222-1245-yillar oraligʻida Verdenberg graflari buyrugʻi bilan mintaqani boshqarish markazi sifatida qurilgan. https://de.wikipedia.org/wiki/Albrecht_III._von_Werdenberg-Heiligenberg-Bludenz Graf Albrext III fon Verdenberg-Xeyligenberg qasrda 1377-yildan 1418-yilgacha yashagan. Appenzell urushi paytida u shaharni tark etib, Immenshtadt im-Allgau yaqinidagi Rotenfels qal’asiga ketgan . 1408-yilda graf Bludenzga qaytib kelgan.

1394-yildayoq graf Albrext Avstriya gertsogi Albrext III bilan meros shartnomasini imzolagan: shartnoma 1418-yilda graf vafotidan keyin kuchga kirgan va Gabsburglar qasrning egalariga aylanganlar. Qal’a 1491-yilda katta yongʻin paytida vayron boʻlgan, ammo tez orada qayta qurilgan. Qal’ani meros qilib olgan Frants Andre Freyxer fon Sternbax 1745-yilda vayron boʻlgan majmuani butunlay yoʻq qilishni buyurgan.

1752-yilda oʻsha davr uchun zamonaviy boʻlgan Gayenxofen saroyi qal’a oʻrnida oʻrta asrlar binosining qismlaridan foydalangan holda qurilgan. Gayenxofen 1936-yilgacha Sternbax oilasining mulki hisoblangan, keyin u Bludenz shahri tomonidan sotib olingan va kazarmaga aylantirilgan, bu uning ichki qismini sezilarli darajada oʻzgarishiga olib kelgan. 1959-yilda Vorarlberg federal shtati qal’ani shahardan tortib olgan. 1960-1963-yillarda amalga oshirilgan qayta qurilishdan soʻng, bino Bludenz tumani maʼmuriyatining rasmiy qarorgohiga aylangan.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz