GAYDUKLAR



GAYDUKLAR (hayduklar) (vengercha hajduk — piyodalar) — 1) Janubiy slavyan xalqdari, moldavanlar va boshqalarning 15— 19-asrlarda Usmonli turk istilochilariga qarshi qurolli kurashi qatnashchilari. 1877-78 yillardagi rus-turk urushi davrida Gayduklar rus qo’shinlari bilan birga Bolgariyani ozod qilishda qatnashganlar; 2) 18-19-asrlarda Vengriya va Polshadagi yirik magnatlar va pomeshchiklar xizmatida bo’lgan engil kurollangan jangchilar; 3) Rossiyada Petr I zamonida boylarning otliq malay(qarol)lari.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz