Gʻaybullo Rahmonov




Gʻaybullo Rahmonov (2-sentabr 1940, Qashqadaryo viloyati, hozirgi Kasbi tumani Xoʻjahayron qishlogʻi) — qishloq xoʻjaligi novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini Kasbi tumanidagi hozirgi Navoiy nomidagi shirkat xoʻjaligida traktorchilikdan boshlagan. Sharof Rashidov nomidagi shirkat xoʻjaligida paxtachilik brigadasi boshligʻi (1975—82). 1982—86 yillarda boʻlim boshqaruvchisi. 1986-yildan shu xoʻjalikda oilaviy pudratchi. Rahmonov rahbarlik qilgan jamoa uzoq yillar davomida paxta, gʻalladan yuqori hosil yetishtirishga erishdi. 1998-yilda 38 ga maydondan 38,5 sentnerdan paxta, 60 ga maydondan 42,3 sentnerdan gʻalla (2002-yilda 48 ga maydondan 62 s dan gʻalla, 46 ga yerdan 43 s dan paxta) hosili olindi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz