Gavril Yushvaev




Gavril A. Yushvaev (ruscha: Gavril Yushvaev) — rossiyalik hamda isroillik tadbirkor va investorlardan biri hisoblanadi. Gavril Yushvaev Wimm Bill Dann kompaniyasiga asos solgan hamda Polyus Gold kompaniyasiga sarmoya kiritgan millionerlardan biridir.

Forbes ma'lumotlariga ko'ra, Gavril Yushvaevning 2023-yildagi sof boyligi 1,9 milliard dollarni tashkil qilgan.

Biografiyasi



Gavril Yushvaev Dog'istonning Maxachqal'a shahrida tug'ilgan Gavril Yushvaev Portodagi Isroil hamjamiyati tomonidan Sefard yahudiylarining avlodi sifatida tasdiqlangan.

1980-yilda Gavril Yushvaev o'g'irlikda ayblanib, 2002-yilgi IPO prospektiga ko'ra, sovet qamoqxonalarida 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 1989-yilda ozodlikka chiqqandan keyin Yushavev David Yakobashvili bilan birgalikda hamkorlik qilishgan. 1993-yilda ular Lianozovo sut zavodiga sarmoya kiritadilar, keyinchalik Gavril Yushvaev Wimm Bill Dannga aylangan. 2020-yilda Gavril Yushvaev Portugaliya fuqaroligini olish uchun ariza bergan ammo 2023-yilga kelib, jarayon hali ham davom ettirilmoqda.

Biznes tashabbuslari



Gavril Yushvaev 1990-yillarda Moskvada turli korxonalarga egalik qiluvchi Trinity asoschilaridan biri sifatida boyib ketgan. Keyin Yushvaev sut va sharbat ishlab chiqaruvchi Wimm-Bill-Dann kompaniyasiga sarmoya kiritgan. Ushbu Kompaniya 1995-yilda tashkil etilgan. Gavril Yushvaev 2010-yilgacha kompaniyaning eng yirik aksiyadori bo‘lib, kompaniyadagi 19,6 foiz ulushini PepsiCo’ga 1,1 milliard dollarga sotgan.

Shaxsiy hayoti



Gavril Yushvaev oilali, sakkiz farzandi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz