Gavkushon koʻchasi
Gavkushon koʻchasi — tarixiy nom. Aholining kasbi-koriga nisbat berib paydo boʻlgan toponim. Maʼnosi „mol soʻyuvchilar“, yaʼni „qassoblar“. Koʻcha nomi XVI asrga oid tarixiy asarlarda qayd etiladi. Bu yerda Joʻybor xoʻjalaridan Xoʻja Saʼd (1531-1589) tomonidan qurilgan madrasa mavjud.
Manbalar
uz.wikipedia.org