Gavharxon sulton (Ahmad I ning qizi)




Gavharxon Sulton (turkcha: Gevherhan sultan), Gavhar sulton nomi bilan ham tanilgan (turkcha: Gevher sultan) va Guverxon sulton (tur turkcha: Goʻverhan sultan; 1608, Istanbul — 1660 oʻsha yerda) — Usmonli sultoni Ahmad I va baʼzi ehtimollarga koʻra, Koʻsem Sultonning uchinchi qizi.

Biografiya



Gavharxon Sulton 1608-yilda Istanbulda, Toʻpqopi saroyida tugʻilgan. 1612-yil 13-iyunda Gavharxon 1620-yilda vafot etgan Sadr vazir Okuz Mehmed poshoga turmushga chiqdi. 1623-yilda Koʻsem Sultonning iltimosiga koʻra, Gavharxon admiral Topal Rajab Poshoga turmushga chiqadi. Undan 1630-yil avgustida Safiya ismli qiz tugʻadi. Rajab posho 1632-yil 18-mayda qatl etilgan. 1643-yilda Gavharxon 1656-yil 25-aprelda vafot etgan vazir Siyovush poshoga turmushga chiqadi. Gavharxon boshqa turmushga chiqmadi. U 1660-yilda vafot etdi va Istanbuldagi Sultonahmet masjidida otasining turbasiga dafn qilindi. Avliya Chalabiy Siyovush Poshoning xotini Gavxarxon emas, balki Gavxarxon va Rajab Poshoning Halima Sulton ismli qizi ekanligini daʼvo qiladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz