Gavharshod masjidi isyoni
Goharshad masjidi isyoni (forscha: شورش مسجد گوهرشاد) 1935-yil avgust oyida, Eronning Mashhad shahridagi Imom Rizo ziyoratgohida Pahlaviylar sulolasidan boʻlgan Rizoshohning gʻarbiylashtirish va dunyoviylik siyosatiga qarshi norozilik avj olgan davrida yuz bergan.
Bu holat tarixda „qonli voqea“ sifatida tasvirlangan.
Sabablari
Shohning shia jamiyatiga qarshi gʻarbiylashtirish boʻyicha zoʻravonlik harakati 1935-yilning yozida Rizo Shoh anʼanaviy islom kiyimlarini taʼqiqlab, barcha erkaklarga yevropacha shlyapa kiyishga majbur boʻlishni buyurgan vaqtida adovat avj oldi.
Hodisa
Bu voqea 1935-yilda Rizo Shohning xalqni islomdan chiqarish harakatlariga javoban yuz bergan. Ruhoniylar Shohning „bid’atchi“ yangiliklarini, gʻarblashtirishni, korrupsiyani qoralagan, koʻplab savdogarlar va mahalliy aholi mazkur ziyoratgohdan panoh topgan, „Shoh – yangi Yaziddir“ kabi shiorlarni aytib, uni Umaviylar xalifalarga oʻxshatishgan.
Toʻrt kun davomida mahalliy politsiya va armiya ziyoratgohni buzishdan bosh tortdi. Eronning Ozarbayjon viloyatidan qoʻshinlar yetib kelib, ziyoratgohga bostirib kirgach, oʻnlab odamlarni oʻldirilgan, yuzlab odamlarni yaralangan va shia ruhoniylari bilan Shoh oʻrtasidagi soʻnggi ayrilish bilan toʻqnashuv nihoyasiga yetdi.
Zararlari
Boqir al-Ulum ilmiy-tadqiqot institutining raqamlarni ataylab boʻrttirib koʻrsatganlik ehtimoli yuqori boʻlgan hisobotiga koʻra, Rizo Shoh qoʻshinlari tomonidan oʻldirilganlar soni 2000-5000 nafar orasida boʻlgan. Britaniya hisobotiga koʻra, bu raqamlarni ataylab past koʻrsatilgan boʻlishi mumkin, hodisa natijasida 2 ta armiya zobiti va 18 nafar askar halok boʻlgan; 2 ta askar itoatsizligi uchun oʻsha joyning oʻzida qatl etilgan; 1 nafar askar oʻz joniga qasd qilgan; qishloq aholisidan 800-1200 nafar inson oʻldirilgan, 100-500 nafar inson yarador qilingan va 800 nafari hibsga olingan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org