Gavharshod masjidi
Gavharshod masjidi (forscha: مسجد گوهرشاد) Temuriylar davrida Eronning Razaviy Xuroson viloyatidagi Mashhad shahrida qurilgan katta jamoat masjidi boʻlib, hozirda Imom Rizo ziyoratgohi majmuasi ichidagi namozgohlardan biri sifatida xizmat qilmoqda.
Tarixi
Masjid temuriylar sulolasidan boʻlgan Shohruxning rafiqasi Gavharshod buyrugʻi bilan milodiy 1418-yilda qurilgan. Binoning meʼmori Shohruhning koʻplab buyuk binolari qurilishida mas’ul boʻlgan Gʻavmeddin Sheroziy edi, meʼmoriy va bezaklar uchun ishchi kuchi Sheroz va Isfahondan keltirilgan.
Masjid Safaviylar va Qojarlar davrida bir necha marotaba taʼmirlangan. Uning toʻrtta ayvoni va 50 m × 55 m (164 ft × 180 ft) oʻlchamli hovlisi bor, shuningdek, bir nechta shabistonlar ham mavjud. Masjid va uning hovlisi ichidagi mozaik koshinlar ustidagi turli yozuvlarda Shoh Abbos, Shoh Sultan Husayn, Shoh Sulaymon Safaviy kabi Safaviy shohlarining nomlari tilga olinadi va ularning ziyoratgohga boʻlgan ixloslari hamda masjid taʼmiriga qoʻshgan hissalari tasvirlanadi.
Masjidning ikki qavatli gumbazi 1911-yilda hududning Rossiya imperiyasi qoʻshinlari tomonidan bombardimon qilinishi natijasida jiddiy shikastlangan. 1960-yillarda, dastlabki qurilganidan 5 asr oʻtgach, Gavharshod masjidi gumbazi jiddiy strukturaviy xavf ostida qoladi. Bunga asosiy sabab, vaqt oʻtishi bilan sodir boʻlgan turli zilzilalar, 1911-yilgi Rossiya bombardimonlari va Rizo Shohning masjidga hujumi natijasida yetkazilgan zararlar, hisoblaniladi. 1935-yildagi qoʻzgʻolon gumbazni qayta qurishni talab etadi. Muhammad Rizo Pahlaviyning buyrugʻi bilan 1960-yillarda qadimiy gumbazdagi koshinlar olib tashlanadi va tashqi tomoni demontaj qilinadi. Strukturaviy xavflarni bartaraf etish uchun temir karkas va sement qoplamali yangi tashqi qobiq quriladi. Keyin gumbaz asl nusxaga oʻxshash tarzda qayta plitka bilan qoplab chqilgan. Bunday taʼmirlash masjid holati uchun zarur boʻlsa-da, masjidning tarixiy oʻziga xosligini butunlay oʻzgarib ketadi.
1960-yillarda masjidning sharqiy ayvonida ham restavratsiya ishlari olib borilgan. U poydevorga tushirilgan va asl nusxadagi kabi bir xil estetik uslubda betondan qayta bunyod etilgan.
1979-yilgi Islom inqilobi voqeasidan soʻng Ziyoratgoh majmuasini toʻliq kengaytirish rejalashtirilgan, bunga koʻra, bir vaqtlar Govharshad masjidining orqa tomoniga „Sahn-e-Qods“ nomli yangi hovli va tarixiy bozor qoʻshilishi rejaashtirilgn edi.
Dizayni
Fors meʼmorchiligi olimi Arthur Pope mazkur masjidni taʼriflagan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
Media related to Goharshad Mosque at Wikimedia Commons
uz.wikipedia.org