Gavhararo Begim
Gavhararo Begim (forscha: گوہر آرا بیگم "Gavharlar bilan bezatilgan" 1631-yil 17-iyun - tax. 1706) Boburiylar malikasi va imperator Shoh Jahon va uning rafiqasi Mumtoz Mahalning o'n to'rtinchi va kenja farzandi bo'lgan.
Uning onasi 1631-yilda uni dunyoga keltirish vaqti vafot etdi. Gavhararo esa tugʻilishdan omon qoldi va yana umr koʻrib, yashadi. U haqida va u otasining taxti uchun vorislik urushida qatnashganmi yoki yo'qmi, kam ma'lumotgina yetib kelgan.
Hayot
1631-yil 17-iyunda, onasi Mumtoz Mahal vafot etgan kuni tugʻilgan Gavhararo Begim otasi va akasi hukmronligi davrida obroʻsi ancha past boʻlgani ko'rinadi. Dalillar uning to'rtinchi akasi Murod Baxshning merosxo'rlik urushi davrida taxtga da'vogarligini qo'llab-quvvatlagan bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Agar bu rost bo'lsa ham, bunday maʻlumotlar haqiqatga uncha mos kelmaydi, chunki otasi va singlisi Jahonarodan farqli o'laroq, u keyinchalik taxtni egallagan g'olib akasi Avrangzeb tomonidan qamoqqa tashlanmagan.
Gavhararo begim otasi taxtdan ketgandan keyin oilaviy sulolasi farzandlarining nikohlarini va toʻy-tantanalarini tashkil qilishda ishtirok etadi. 1673-yilda uning katta akasi Daraning o'g'li Sipihr Shikoh Avrangzebning qizi Zubdat-un- Nisoga uylanganida, Gavhararo va uning amakivachchasi Hamidabonu Begim to'y marosimini o'tkazganlar. U 1672-yilda Daraning nabirasi Salimabonu Begim (Gavhararo uni tarbiyab voyaga yetkazgan) va Avrangzebning to'rtinchi o'g'li shahzoda Muhammad Akbar bilan turmush qurishda katta rol o'ynagan. U kelinning onasi vazifasini bajargan. Toʻy tantanalarini o'tkazish uchun Dehli darvozasidan Begim saroyigacha boʻlgan yoʻlning ikki tomonida (ya’ni yoritish uchun) yog'och konstruksiyalar o'rnatilgan".
Vafoti
Gavhararo Begim 1706-yilda Shohjahonobodda vafot etadi. O'sha paytda Dekanda hokimlik qilayotgan Avrangzeb uning o'limdan qattiq hayratda qoldi. U doimiy ravishda “Shoh Jahonning barcha bolalari ichida u va men yolgʻiz qoldik”, deb takrorlagani manbalarda keltirilgan.
Shajarasi
Yana qarang
Gavhararo Begim - Ruchir Guptaning "Taxt bekasi" (2014) romanidagi bosh qahramon.
Manbalar
uz.wikipedia.org