Gavhar Zokirova




Gavhar Zokirova (1949-yil 10-sentabr Toshkent) — O'zbekistonlik mahoratli aktrisa. O'zbekiston xalq artisti.

Biografiya



Gavhar Zokirova 1949-yilda Toshkent viloyatining To'ytepa tumanida tugʻilgan. Gavhar Zokirovaning ona tomonidan bobosi Abdulla Avloniy hisoblanadi. Gavhar Zokirovaning otasi harbiylik kasbida faoliyat yuritgan bo'lsa, onasi shu vaqtaning o'zidan injinerlik sohasida faoliyat olib borgan. Gavhar Zokirova oilada bir nafar o'g'ildan keyinqi qiz farzand hisoblanadi. Oʻrta maktabni tugatgach,Toshkentdagi Politexnika o'qishga kiradi, lekin Gavhar Zokirovaning sanʼatga bo'lgan qiziqishi o'qishni Toshkent davlat teatr va rassomlik institutidavom ettirishga undaydi. Bu Oliygohni 1971-yilda tugatgan. 1971-yildan hozirgacha Hamza nomidagi Oʻzbek Davlat akademik drama teatri aktrisasi.

Oila



Gavhar Zokirova bo'lajak turmush o'rtog'i mahoratli aktyor Jamshid Zokirov bilan birga sanʼat institutida birga tahsil olishgan. 1971-yilda aktyor Jamshid Zokirov bilan oila qurishadi. Bu juftlikdan bir nafar o'g'il: mahoratli aktyor va rejjisor Javohir Zokirov va sa'natshunos Ohista Zokirova dunyoga kelgan.
Ammo oilaning baxtiga 2012-yilda putur yetdi: Jamshid Zokirov uzoq vaqt saraton bilan kurashdan so'ng 63 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Filmlar




Bundan tashqari, Gavhar Zokirova atoqli yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub "Shaytanat" asari asosoida film suratga olinganda turmush o'rtog'i Jamshid Zokirov bilan juftlik hosil qilib, rol ijro etishgan.

Yutuqlar




Gavhar Zokirova bugun 73 yoshda bo'lishiga qaramay hali hamon o'zbek sanʼati uchun jon kuydirmoqda.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz