Gavhar Alimova




Gavhar Zayirovna Alimova (tugʻ. 1970-yil 6-oktyabr, Jomboy tumani, Samarqand viloyati) — Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi, senator

Ilmiy darajasi



1995-yil Samarqand Davlat Universitetini tamomlagan

Mehnat faoliyati



1989—1991-yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani 16-maktab yoʻriqchisi

1991—1992-yillar Samarqand viloyati Payariq tumani 1-maktab oʻqituvchisi

1992—1995-yillar Toshkent shahar Hamza tumani 152-maktab oʻqituvchisi

1995—1997-yillar “Mulkdor” gazetasi kadrlar boʻlim boshlig'i

1997—1998-yillar Toshkent shahar Xamza tumani 10-sonli musiqa maktabi o‘qituvchisi

1998—1999-yillar Respublika “Adolat” gazetasi muxbiri

1999—2003-yillar Toshkent shahar Xamza tumani hokimligi Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish majmuasi bosh mutaxassisi

2003—2004-yillar Toshkent shahar Xamza tumani hokimi o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi

2004—2006-yillar Toshkent shahar Xamza tumani “Mahalla” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari

2006—2009-yillar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamg‘armasi respublika boshqaruvi Oila va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi

2009—2011-yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi mutaxassisi

2011—2015-yillar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari

2015—2018-yillar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

2018—2020-yillar Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari — viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

2020-yil Samarqand viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

2020-yil 6-mart sanasidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi

Oilasi



Oilali. Bir nafar qiz farzandi bor

Mukofotlari



“Shuhrat” medali (2016)

“Adolat” ko‘krak nishoni

“Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” (2022)

“Do'stlik” ordeni (2022)

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni (2022)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz