Gavdala




Gavdala - yahudiylikda shanba va boshqa bayramlardagi yakunlovchi ibodat marosimi. Qadimda yahudiylar Shanba kuni nihoyasida katta stol atrofida jamlanib, Quyosh botgach shamlarni yoqishgan hamda hamdu sano aytishgan. Ovqatlanib bo‘lgandan keyingi hamdu-sanoga Shanba bilan boshqa kunlarni o‘rtasini ajratish maqsadida Gavdalani qo‘shishgan. Shanba kuni nihoyasi bilan stol tuzish odati yo‘qolib borgan. Qolaversa, kech kirishi bilan yeyish va ichish ta’qiqlangan. Rambamga ko‘ra, Gavdala Tavrotning amri bo‘lib, Shanba kunini muqaddas sanash, nafaqat, kunduzi balki, uning chiqishini ham muqaddasligi va boshqa odatiy kunlardan farqlanishini belgilashdir.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz