GAVAYI ANTISIKLONI – atmosferaning doimiy ta’sir markazi. Tinch okeanning shimol qismidagi subtropik va tropik kengliklardagi subtropik antisiklon. Ba’zi sinoptik jarayonlarda ikkita, gohida uchta alohida Gavayi antisikloni kuzatiladi. Markazi Gavayi orollaridan shimolroqda; tarmog’i Osiyo sohillari tomon uzoqqa cho’zilgan. Gavayi antisikloni markazida havo bosimi yanvarda 1022 gPa dan, iyulda 1026 gPa dan yuqori bo’ladi. Gavayi antisikloni ko’rsatilgan hududlarda keng va shiddatli, iliq va kamharakatchan antisiklonlarning ustivor mavjudligi natijasida vujudga keladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish