Gautama Buddha
Budda (sanskritcha — xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan) — buddizmyaa bir necha bor qayta tugʻilishlar jarayonida mutlaq haqiqatga yetishgan va boshqalarga diniy najot yoʻlini koʻrsatishga qodir zot. Keng maʼnoda — har bir inson juda koʻp ezgulik qilish, bu dunyoning barcha sevimli narsalari foydasiz ekanini anglash orqali B.ga aylanishi mumkin. Buddizm panteonida yuzlab turli B.lar bor.
Tor maʼnoda esa — buddizm asoschisi, bu dunyo tashvishlarini tark etib, "oliy haqiqatga erishgan" Siddhartha Gautama (miloddan avvalgi 623544)ning ismi. Buddizmga taallukdi kitoblarda Gautama barcha xudolar, ruxlar va tabiat kuchlari ustidan hukmron buyuk va qudratli zot sifatida taʼriflanar ekan, uning bosib oʻtgan yoʻli bir emas, bir necha hayotlardan iborat boʻlgan deb uqtiriladi. Rivoyatlarga koʻra, Gautamani Hindiston va Nepal chegarasidagi Kapilavastu shahri podshohining xotini Mahamayya ilohiy homiladorlikdan tuqqan. Dunyoga kelgan farzand shu zahotiyoq: "Men barcha jonli maxluqlarning eng buyugiman. Bu mening oxirgi tugilishim", deb xitob kiladi. Buddizm diniy kitoblarida aytilishicha, Mahamayya oʻgʻli Gautama tugʻilgach, yetti kundan soʻng vafot qilgan va xudolar osmonlaridan birida qayta tugilgan.
Shahzoda Gautama pahlavon boʻlib oʻsa boradi. 16 yoshida uni Yashodharaga uylantiradilar. Ammo toʻq, farovon turmush uni qoniqtirmaydi, 29 yoshida Gautama xotini va yaqindagina tugilgan oʻgʻlini tark etib, sayyor darvishlar — shramanlarga qoʻshiladi. U 6 yil Ganga daryosi qirgʻoqlarida zoxdplik bilan hayot kechiradi va tana faolligini sundirish aklning ozishiga olib kelishini anglagach, 35 yoshida 4 hafta (yoki 7 hafta) davomida meditatsiya (butun ongini oliy haqiqatga erishish goyasiga qaratish) holatiga kiradi. Nihoyat, u maqsadiga erishadi va koinotning barcha sirasroridan voqif boʻlgan B.ga aylanadi. B. insoniyat boshiga tushadigan azobuqubatlar sabablarini oʻrganish va insoniyatni ulardan xalos qilish uchun harakat qildi. Shundan soʻng B. 45 yil davomida qad. hind davlatlari Koshala va Magadxa boʻylab oʻz taʼlimotini targʻib qiladi va 80 yoshida vafot etadi.
B. taʼlimotining asosiy mazmuni Banorasda qilingan xutbada "toʻrt oliy haqiqat" shaklida bayon etilgan. B.ning shogirdlari yer yuzida birinchi rohiblar jamoasini tashkil etganlar. 1956-yil B. vafotining 2500-yilligi tantanali ravishda nishonlandi. Podsho Ashoka (miloddan avvalgi 268—231 yillar) amri bilan toshtaxtachalarga oʻyib yozdirilgan matnlarda B. haqida baʼzi maʼlumotlar uchraydi. B. va uning taʼlimotlari bir necha asr davomida ogʻizdanogʻizga oʻtib kelgan va asosan miloddan avvalgi 1-asrda yozib olingan "Tripitaka" nomli muqaddas kitoblar majmuasida oʻz aksini topgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Gautama Buddha haqida batafsil ma'lumot
Gautama Buddha — buddizm dini asoschisi, u taxminan miloddan avvalgi 5-6 asrlarda Hindiston hududida yashagan ruhiy yetuk shaxsdir. Uning to‘liq ismi Siddhartha Gautama bo‘lib, u shoh oilasidan chiqqan. "Buddha" so‘zi sanskrit tilidan tarjimada "uyg‘ongan", "ma'rifatga erishgan" degan ma'noni anglatadi.
Hayoti haqida
Siddhartha Gautama taxminan miloddan avvalgi 563-yilda hozirgi Nepal hududida tug‘ilgan. U boylik va qulaylik ichida o‘sgan, lekin tashqi dunyoda mavjud bo‘lgan azob-uqubatlar, o‘lim, kasallik va qariyalar hayotni o‘zgartirishga majbur qilgan. Yoshligida u hayotdagi azob-uqubatlarga yechim topish uchun saroyni tark etib, yog‘u, meditatsiya va oqilona fikrlash yo‘li bilan faqatgina ma'rifatga erishish mumkinligini tushundi.
Buddaning vazifalari va ta'limoti
Gautama Buddha o‘zining ma'rifatga erishganidan so‘ng, insonlarni azob-uqubatlardan xalos qilish va dunyo haqiqatini tushunish uchun o‘z ta'limotini yoygan. Uning asosiy ta'limotlari quyidagilardan iborat:
- To‘rt oliy haqiqat: Bu haqiqatlar inson hayotidagi azob-uqubatlar sabablarini va ularni barham topish yo‘lini tushuntiradi.
- Sakkiz qadamli yo‘l: Bu insonni azob-uqubatlardan ozod qilishga olib boruvchi amal va fikrlash qoidalar to‘plami.
- Nirvana: Azob-uqubatlar va dukkhdan (qayg‘u, azob) qutulish holati.
Buddaning ta'siri
Gautama Buddaning ta'limoti mamlakatlar va xalqlar orasida keng tarqalib, butun dunyoda buddizm dinining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Buddizm madaniyat, san'at, falsafa va hayot tarzi sohasida chuqur ta'sir ko‘rsatgan. Ko‘pgina mamlakatlarda Buddaning hayoti va ta'limoti o‘rgatilib, uning ma'rifatga erishish va insoniy qadriyatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ta'siri saqlanib kelmoqda.
Xulosa
Gautama Buddha insoniyat tarixidagi eng buyuk ruhiy shaxslardan biri bo‘lib, uning g‘oyalari va ta'limoti hayotning ma'nosi, ma'rifatga erishish yo‘li va insonlarning ichki tinchligini topishiga bag‘ishlangan. Uning hayoti va asarlari bugungi kunda ham ko‘plab insonlar uchun yo‘l-yo‘riq va ilhom manbai hisoblanadi.