GAUPTVAXTA



GAUPTVAXTA (nemischa Hayptwache — bosh qorovul) — harbiy xizmatchilarni vaqtincha bandi qilib saqlash uchun ajratilgan maxsus xona. Garnizon Gauptvaxtasi yoki qo’shin Gauptvaxtasi bor. Oddiy yoki qat’iy jazolanganlar bandilik muddatini umumiy yoki yakka kameralarda o’taydilar. Gauptvaxtada kun tartibini garnizonda garnizon komendanti, qo’shinlar bo’limida qism Komandiri belgilaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz