Gauda ishloq
Gouda (niderlandcha: Goudse — sigir sutidan tayyorlangan qattiq golland pishlogʻi. Yogʻ miqdori — 48-51 % oraligʻida boʻladi. Shakli doira shaklida, oʻrtacha hajmda. Juda zish pishloq turlaridan biri. Yangi tayyor boʻlgan vaqtdagi mazasi yengilroq, vaqt oʻtishi bilan aniq ifodalangan boʻladi.
Tarixi
Pishloq Niderlandiyaning Gouda shahri sharafiga shunday nomlangan, bu pishloq shaharda bir necha asrlar davomida ishlab chiqarilgan. XIX asrga kelib, bu pishloq butun mamlakat hududida mashhur boʻldi.
Dastlab, gouda pishlogʻining har bir boshi kattagina boʻlib, 12 kilogrammdan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda oʻlcham oʻzgargan va taxminan 4,5 kilogramm ogʻirlikdagi kichik pishloq boshlari tayyorlanadi. Gouda qobigʻi toza, silliq, yoriqlarsiz bir xil sariq rangda boʻlishi kerak. Pishloq ichi butun hajm boʻylab kichik teshiklari boʻlgan ochiq sariq rangga ega.
Gouda — ozgina qaymoq taʼmli yengil pishloq sanaladi. Pishloq qanchalik yetilgan boʻlsa, uning xususiyati oʻzgarib, oʻtkir hidga ega boʻladi va quruqlashadi. Ushbu pishloqning maxsus navi „Gollandiyalik usta“ deb atalib, deyarli bir yilda tayyor boʻladi. Gouda pishlogʻqining uch turi ishlab chiqariladi: ular pishib yetilish vaqtiga qarab farqlanadi: yosh Gouda (Gouda young), oʻrta yoshli Gouda (Gouda mittelalt) va qari Gouda (alter Gouda).
Yillar davomida gouda pishlogʻining koʻplab turli navlari paydo boʻldi. Zirali gauda, turli koʻkatlar qoʻshilgan gauda, xantal va qalampirli gouda shular jumlasidan. Rossiyada ham „Rossiya Gouda“larini ishlab chiqaradi.
Shu bilan birga, „gouda“ soʻzi savdo belgisi hisoblanmaydi. Biroq, „Noord-Hollandse Gouda“ brendi Yevropa Ittifoqida roʻyxatdan oʻtgan va pishloqning Gollandiyada tayyorlanishini tasdiqlaydi. 1997-yildan beri fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladigan va uzoq saqlanadigan gouda pishloqlari burenkaas deb nomlangan alohida navga ajratila boshlandi.
Himoyasi
"Gouda" atamasi golland pishloqlar bilan cheklanmaydi. Biroq, „Boerenkaas“, „Nord-Holland Gouda“ va „Gouda Holland“ Yevropa Ittifoqida himoyalangan geografik koʻrsatkichlar maqomiga ega mahsulotlar sifatida roʻyxatga olingan. Bu pishloqlar faqatgina Gollandiyada ishlab chiqarilishi mumkin. Bu, albatta, faqat Gouda shahri joylashgan Janubiy Gollandiya provinsiyalarida ishlab chiqarilishi kerakligini anglatmaydi. Biroq, pishloqni ishlab chiqarishda golland sigirlarining sutidan foydalanish shart.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org