Gattaka
Gattaca (talaffuzi:
Gattaka ) 1997-yilda ekranlarga chiqqan Amerika ilmiy-fantastik drama filmidir. Ssenariy muallifi — Andrew Niccol, bosh rollarda — Ethan Hawke, Uma Thurman va Jude Law.
Film kelajakda liberal yevgenik siyosat bilan boshqarilayotgan jamiyat haqida hikoya qiladi. Oʻrta va yuqori sinf vakillari genetik tanlash orqali bola oʻstirish imkoniga egadirlar. Bu ularni tabiiy, oddiy yoʻl bilan oʻstirilgan bolalardan aqlan, jismonan ustun qiladi. Natijada oddiy odamlar kamsitiladilar, qora ishlarga joylashtiriladilar. Filmning bosh qahramoni ham oddiy oʻstirilgan odam boʻlsa-da, kuchli irodasi tufayli orzusi — fazogirlikka erishadi.
Film nomi DNK nukleotidlari - adenin, sitozin (ingl. cytosine), guanin va timin atamalarining bosh harflaridan tuzilgan.
uz.wikipedia.org