Gatineau Olympiques
Gatineau Olympiques — (Kanadaning Gatineau shahrida joylashgan) Quebec Major xokkey ligasida (QMJHL) oʻynaydigan yirik xokkey jamoasidir. 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab, „Gatineau Olympiques“ xokkey klubi uy oʻyinlarini Slush Puppie markazida oʻtkaza boshladi. Bu klub ilgari Robert Guertin markazida oʻz oʻyinlarini oʻtkazayotgan edi. „Gatineau Olympiques“ xokkey klubining dastlabki
"Hull Festivals" edi. Bu klub 1973-yilda QMJHL aʼzoligiga ega boʻldi. „Gatineau Olympiques“ klubi Memorial kubogida yetti marta maydonga tushib, 1997-yilda bir marta gʻalaba qozonishdi.
Tarixi
QMJHLga qoʻshilishdan oldin jamoa dastlab
Hull Blackhawks (Les Éperviers de Hull), keyinchalik
Hull Beavers (Les Castors de Hull) va
Hull-Volant Junior A nomlari bilan tanilgan Markaziy Junior A xokkey ligasining aʼzosi edi. 1973-yilda jamoa QMJHLga qoʻshilishdan oldingi mavsumda
Hull Festivals nomini oldi. 1976- yilda jamoa nomi
Hull Olympiquesga oʻzgartiril di. 2002-yilda Hull shahri Gatineauga birlashtirilganidan soʻng, jamoa nomi Gatineau Olympiquesga oʻzgartirildi.
„Gatineau Olympiques“ xokkey jamoasining asosiy raqobatchisi Ottawa daryosi boʻyida joylashgan „Ottawa 67’s“ xokkey klubi hisoblanadi. Ikki jamoa oʻrtasidagi mavsumoldi oʻyinlari 1975-yildan 1986-yilgacha muntazam ravishda boʻlib oʻtdi. Shuningdek, ushbu jamoalar 1999—2000-yillardagi mavsumdan 2009—2010-yilgi mavsumlargacha interligada muntazam uy va safar oʻyinlarini oʻtkazishdi.
1985-yildan 1992-yilgacha „Gatineau Olympiques“ klubining egasi Wayne Gretzky boʻlgan.
2010-yil 31-may kuni klubga murabbiy Benoit Groulx bosh direktor va bosh murabbiy sifatida qoʻshilishi eʼlon qilindi.
2016-yilda murabbiy Groulx „Gatineau Olympiques“ klubini tark etdi. Shundan soʻng, u „Syracuse Crunch“ xokkey klubi bosh murabbiyi boʻldi. Uning oʻrnini Mario Duhamel egalladi. Keyinchalik, Duhamel oʻrniga murabbiy yordamchisi Éric Landry bosh murabbiy sifatida jamoaga keldi.
Chempionatlar
Memorial kubogiKanada xokkey ligasi chempionlari
Prezident kubogi- Pley-off chempioni
Murabbiylar
"Gatineau Olympiques" klubi uchun taniqli murabbiylar orasida Jean Bégin, Pat Burns, John Chabot, Benoit Groulx, Claude Julien, Bob Mongrain, Marcel Pronovost, Guy Trottier va Alain Vigneault bor.
Muntazam mavsum natijalari
Muntazam mavsum
1969-yilgacha boʻlgan toʻliq natijalar mavjud emas.
NHL bitiruvchilari
Milliy xokkey ligasi bitiruvchilari roʻyxati. „Hull Hawks“ jamoasi aʼzolaridan keyin hech bir oʻyinchi NHLda oʻynamadi.
Hull Castors (1968—1969)
Hull Festivals (1970—1976)[9]
Hull Olympiques (1976—2003)[10]
Gatineau Olympiques (2003-yildan)[11][12]
Foydalanilmayotgan raqamlar
„Gatineau Olympiques“ klubining 10 nafar oʻyinchisi oʻz raqamlarini jamoadan olib ketishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org