Gaëtan Bussmann
Gaëtan Bussmann (talaffuzi: Gaetan Bussman; 1991-yil 2-fevralda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi. Nancy klubi himoyachisi. Fransuz yoshlar terma jamoasida oʻynagan va U18 va U19 darajasida millatini himoya qilgan. Fransiya terma jamoasi safida Bussman 2010-yilda oʻz maydonida 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan
Faoliyati
Ilk faoliyat davri va Metz
Épinalda tugʻilgan Bussmann faoliyatini ona shahrining „Epinal“ klubida boshlagan va 2004-yilda 13 yoshida Metzga qoʻshilgan. Klubning yoshlar akademiyasida 2009—2010-yilgi mavsumda 19 yoshgacha boʻlgan jamoasi bilan finalda „Sosho“ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida magʻlub etdi. Gambardella kubogini qoʻlga kiritdi. 2010-yilning 4-iyunida Bussmann oʻzining birinchi professional shartnomasini Metz bilan imzoladi. 2015-yilning iyunigacha besh yil oʻynashi shartnomada keltirilib oʻtilgan. Professional debyutini 2010-yilning 20-avgustida Vannesga qarshi liga oʻyinida chap qanot himoyachisi sifatida oʻtkazdi.
Mainz 05
2015-yil avgustida Bussmann Metzni tark etib, Germaniya Bundesligasi vakili „Mainz 05“ga 1 million yevro evaziga oʻtdi. Uzaytirish varianti bilan kki yillik shartnomaga imzo chekdi. „Mainz“dan „Borussia Dortmund“ ga koʻchib oʻtgan Park Joo-hoga zaxiradosh qildi.
2018-yil yanvar oyida Bussmann ligadagi raqibi SC Freiburgga mavsum oxirigacha ijaraga berildi. „Freiburg“ga ham Bussman bilan doimiy shartnoma imzolash imkoniyati berildi. Klubdagi yarim mavsum davomida maydonga tushmadi.
2018-yilning yozida Bussmann Mainz 05 ga qaytdi. 29-sentabr kuni 574 kundan soʻng 1.Bundesligada oʻynashga muvaffaq boʻldi. Mavsumning dastlabki beshta oʻyinini oʻtkazgan Aaronga oʻrinbosar boʻldi.
Nancy
2022-yilning 22-iyulida Bussmann Nancy bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyati statistikasi
22-iyul, 2022-yilgi holat boʻyicha [8]
Yutuqlari
Metz Fransiya U19 Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org