Gastronomik turizm




Gastronomik turizm , yoki oshxona turizmi , turizmning asosiy turlaridan biri boʻlib, asosiy maqsadi, sayyohlarning ma’lum bir mamlakatga, sayohat qilishi asnosida, oʻsha davlatning milliy oshxonasi va ovqatlanish madaniyati bilan ham, yaqindan tanishishidir. Gastronomik sayyoh, birinchi navbatda, madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan, milliy va anʼanaviy taomlarni, tayyorlash jarayoni, dasturxonga tortish usullari, ovqatlanish tartibi va pozitsiyalarini, koʻrish va bilish barobarida, sayohat qilayotgan davlatining, tarixini, iqtisodiyotini, davlat siyosati hamda mahalliy aholining eʼtiqodlarini oʻrganadi.

Turlari



Gastronomik turizm, odatda ikki turga boʻlinadi;

Hozirgi vaqtda, dunyoning ko’p mamlakatlarida, gastronomik turizm rivojlangan;
• Fransiya va Bolgariya davlatlaridagi uzumchilik va vinochilik sohasiga sayohatlar,
• Gollandiya, Shveytsariya va Italiya davlatlaridagi pishloqchilik faoliyatini o’rganish va ta’tib ko’rish sayohatlari.
• Germaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya davlatlaridagi pivochilikga ixtisoslashgan sayohatlar shular jumlasidandir!

Gastronomik sayyohlar;
• odatiy sayyohlikdan zerikkan sayyoh;
• Ovqatlanish ratsioniga o’zgartirish kiritayotgan sayyoh;
• Gurmanlar (oziq-ovqatlarni baholovchi va ta’tib ko’ruvchilar)
• kasb-kori gastronomiya bilan bo’g’liq mutaxassislar (restoratorlar, oshpazlar, umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari)
• sayyohlik agentlari (sayyohlik turlari tashkil qilishlari uchun, milliy taomlarni o’rganadilar)

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz