Gastón Pereiro




Gastón Rodrigo Pereiro López (talaffuzi: Gaston Rodrigo Pereyro Lopes; 1995-yil 11-iyunda Urugvayning Montevideo shahrida tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Cagliari“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Gastón Pereiro faoliyatini „Nacional“ futbol klubida boshlagan. 2014-yil 29-yanvar kuni Libertadores kubogi doirasida Boliviyaning „Oriente Petrolero“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Gastón Pereiro jamoa safida debyut qilgan. 1-fevral kuni Montevideoning „Racing“ jamoasiga qarshi bahsda u Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. Oʻsha uchrashuvda Gastón Pereiro oʻzining ilk golini urgan. 2015-yil 12-fevral kuni Gastón Pereiro Libertadores kubogi doirasida Chilining „Palestino“ futbol klubiga qarshi o‘yinda gol urgan. Oʻsha yili u Urugvay chempioni boʻlgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yil boshida Gastón Pereiro Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika yoshlar oʻrtasidagi uy chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Chili, Peru, Paragvay, Argentina, ikki marta Kolumbiya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Gastón Pereiro beshta gol urgan va yoshlar terma jamoasining bronza medallarini qo‘lga kiritishiga yordam bergan.

Oʻsha yilning yozida Gastón Pereiro Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Gastón Pereiro Serbiya, Meksika, Mali va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Serblarga qarshi kechgan bahsda Gastón Pereiro gol urgan.

2017-yilning 10-noyabr kuni u asosiy Urugvay terma jamoasi safida Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. 2018-yilning 8-sentyabr kuni Meksika terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gastón Pereiro terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz