Gassendi Pyer




Pierre Gassendi (1592.22.1, Shantersye - 1655.24.10, Parij) — fransuz faylasufi, matematigi, astronomi. G. sxolastlar qarashlari va ularning Aristotel taʼlimotini soxtalashtirishiga qarshi kurashi hamda Demokrit-Levkipp atomistik qarashlari, Epikur etikasini targʻib qilganligi, materialistik sensualizm mavqeida turib R. Dekartning "tugʻma gʻoyalar" nazariyasini tanqid qilganligi uchun iyezuitlar tomonidan taʼqib etilgan. G. fikricha, fizika — haqiqatga yetish, etika — baxtsaodatga erishish, mantiq — haqiqiy bilimni yanglishishdan farqlash yoʻlini koʻrsatadi. G.ning taʼkidlashicha, boʻshliq va atomlgr — mavjudlik timsoli. Makon va zamon — cheksiz, ular yoʻqlikka yuz tutmaydi. Atomlar xudo tomonidan yaratilgan, ular goyat darajada koʻp, lekin benihoya emas.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz