GARVI (GARVEY) MARKUS
GARVI (GARVEY) MARKUS (1887, Yamayka oroli — 1940. 10. 6, London) — Yamayka milliy qahramoni, amerikalik negrlarning “ortga — Afrikaga” deb ataluvchi millatchilik ruhidagi harakati (garvizm)ning g’oyaviy rahbari; negrlarning ahvolini yaxshilash bo’yicha Umumjahon assotsiatsiyasi asoschisi (1914). Yamayka mamlakatini o’zini-o’zi boshqarish huquqiga ega bo’lishi uchun kurashgan. Xalq siyosiy partiyasi (1929) va boshqa tashkilotlar tuzgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz