Garri Potter va Falsafa toshi




Harry Potter va hikmatlar toshi (boshqa nomi Harry Potter va afsungarlar toshi ; inglizcha: Harry Potter and the Philosopher's Stone ) J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi roman boʻlib, Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi ilk kitob hisoblanadi.

Roman ilk bor 1997-yil 26-iyunda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury nashriyotida chop etildi. Umumjahon boʻylab 120 million nusxada sotildi va buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan uchinchi kitobi boʻldi.

Kitobga asoslanib 2001-yili film suratga olindi va Electronics Art kompaniyasi tomonidan videooʻyin ishlandi.

Harry Potter va hikmatlar toshi romani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, koʻplab mukofotlarga sazovor ham boʻldi.

Sujet




Boblari




Ekranizatsiyalar



Film




2001-yili Harry Potter va hikmatlar toshi asosida film suratga olindi. Filmga Chris Columbus rejissorlik qildi, Steve Kloves esa ssenariynavis oʻlaroq qatnashdi. Film budjeti $125 million boʻlib, kartina umumjahon boʻylab $1.018 milliard daromad qildi. Shuningdek, tanqidchilar tomonidan ham xush qarshilandi.

Reliz tarixi




Oʻzbekcha tarjimasi



Harry Potter va hikmatlar toshi oʻzbek tiliga Joʻraali Solijonov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2015-yil Termiz shahrida Surxon-nashr nashriyoti tomonidan chop etildi. Kitobning oʻzbekcha versiyasi 140 betni tashkil etdi. Taqrizchilar — Poyon Bakirov, Nasiba Panjiyeva, Abdulla Xudoyqulov va Shahnoza Qayumova.

Shuningdek, kitob 2018-yil Toshkent shahrida „Adabiyot uchqunlari“ nashriyotida Shokir Dolimov tarjimasida qayta chop etildi. Nashrga tayyorlovchi hamda iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi — Ergashbay Matyoqubov, bosh muharrir — Alisher Ravshanov, badiiy muharrir — Asaloy Eshonqulova, musahhih — Lolaxon Qoʻziboyeva va dizayner — Feruzbek Vohidov.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz