Garri Potter
Harry Potter (talaffuzi: Harri Potter) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub yettita fentezi janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haqidagi bu kitobda, Harryning qora sehr dunyosi vakili Lord Voldemortga qarshi kurashi tasvirlanadi.
Harry Potter romanlari turkumining birinchisi boʻlmish Harry Potter va hikmatlar toshi 1997-yil 26-iyunda chiqarildi. Roman umumjahon boʻylab mashhurlikka erishdi, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi hamda tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi. 2018-yilning fevraliga koʻra, Harry Potter romanlari toʻplami butun dunyo boʻylab 500 milliondan oshiq nusxada sotilgan boʻlib, buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami boʻldi. Shuningdek, shu kungacha ushbu romanlar toʻplami saksonta tilga tarjima qilingan. Toʻplamning oxirgi toʻrttasi ketma-ket tarzda eng tez sotilgan kitob oʻlaroq rekord oʻrnatdi. Toʻplamning oxirgisi boʻlmish Harry Potter va ajal tuhfalari romani Buyuk Britaniyada 2.7 million nusxada, AQShda esa 8.3 million nusxada sotilgan.
Toʻplam Buyuk Britaniyada Bloomsbury nashriyotida, AQShda Scholastic Press nashriyotida ingliz tilida chop etilgan.
Ushbu romanlar turkumi asosida sakkizta film suratga olindi. Ularning barchasi Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan boʻlib, umumjahon boʻylab taxminan $25 milliard daromad qilgan va buning ortidan tarixda uchinchi eng kassabop film qismlari boʻldi.
Shuningdek, Rowling tarafidan yozilgan ssenariyga asoslangan Harry Potter and the Cursed Child („Harry Potter va lanʼatlangan bola“) nomli pyesa premyerasi 2016-yil 30-iyulda London shahridagi Palace teatrida boʻlib oʻtdi.
Dastlabki yillar
Filmlar Harry Potter ismli bolaning hayotini aks ettiradi. Birinchi kitob, Harri Potter va hikmatlar toshida, Harry Durslilar uyidagi zinapoya ostidagi shkafda, uning xolasi, amakisi va amakivachchasi Dadli bilan yashaydi. Durslilar oʻzlarini mutlaqo normal deb hisoblashadi, ammo 11 yoshida Harry uning sehrgar ekanligini aniqlaydi. U Hagrid ismli yarim gigant bilan uchrashadi, u uni Hogvarts jodugarlik va sehrgarlik maktabiga borishga taklif qiladi. Harry goʻdakligida uning ota-onasi qora sehrgar Lord Voldemort tomonidan oʻldirilganligini biladi. Voldemort Harryni oʻldirmoqchi boʻlganida, uning tavqi laʼnati qayta tiklandi va Harry peshonasida chaqmoq shaklidagi chandiq bilan omon qoladi.
Kitoblar
Adaptatsiyalar
Filmlar
Spin-off filmlar
Fantastik maxluqlar filmlari Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
uz.wikipedia.org