Garrett MacKeen
Garrett MacKeen (talaffuzi: Garrett Makkin; 1994-yil 23-mart, Burnaby) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sobiq sherigi Mackenzie Bent bilan birga 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempioni boʻlgan va ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan.
Faoliyati
Mackenzie bilan
Bent / MacKeen juftligi 2011-yil yanvar oyida Kanada chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida debyut qilib, oʻsha yilning sentyabr oyida Ruminiyaning Brasov shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan. JuftlikTallindagi (Estoniya) ikkinchi JGP bosqichida beshinchi oʻrinni egallagan va 2012-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar darajasida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan.
Bent / MacKeen juftligi 2012 — 2013-yillarda Avstriyaning Lints shahrida boʻlib oʻtgan JGP bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritib, Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilgan huddi shu musobaqada toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatining kumush medali sovrindorlari boʻlib, shu yili Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada terma jamoasi safiga qoʻshilgan va musobaqada ishtirok etgan.
2014 — 2015-yilgi mavsumda Bent / MacKeen juftligi Chexiyaning Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida oltin va Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtgan turnirda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik ushbu natijalari orqali 2014 — 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan Barselonada boʻlib oʻtgan finalda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionlikni qoʻlga kiritgan juflik, 2015-yilgi Kanada chempionatida kattalar darajasida ishtirok etishlari kerak boʻlgan. Ular musobaqada oltinchi oʻrinni egallagan va uchi marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun yana Tallinga yuborilgan.
Dasturlari
Mackenzie bilan
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Mackenzie bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org