Gʻaroyib qasos
Gʻaroyib qasos (inglizcha: Tower Heist — „Minorani oʻmarish“) 2011-yilda katta ekranlarga chiqqan va Brett Ratner tomonidan suratga olingan Amerika komedik filmidir. Film produserlari Brian Grazer, Eddie Murphy va Kim Roth, ssenariyni esa Ted Griffin, Jeff Nathanson va Solomon J. LeFlore yozishgan. Kartinada bosh rolni ijro etganlar Ben Stiller, Eddie Murphy, Casey Affleck, Alan Alda, Matthew Broderick, Judd Hirsch, Téa Leoni, Michael Peña va Gabourey Sidibedir.
Gʻaroyib qasos filmi premyerasi AQShda 4-noyabr 2011-yilda boʻlib oʻtdi. Film tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilandi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 200 ta maqola yigʻilib, ulardan 68% foizi filmni ijobiy baholadi. Film budjeti $75–85 million boʻlib, umumjahon boʻylab $152.9 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.
Rollarda
Musiqasi
Filmning saundtrek albomi 2011-yil 1-noyabrda Varèse Sarabande, Back Lot Music va Colosseum Records ovoz yozish leybllari tomonidan chiqarildi. Bu albom bastakori Christophe Beck, produseri Jake Monaco boʻlgan. Albom 22 ta trekni oʻz ichiga olib, umumiy davomiyligi 40 daqiqani tashkil etgan.
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining matnini Christophe Beck yozgan.
Relizi
Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org