Garold Registon
Garold Gabrielevich Registon (haqiqiy ismi Ureklyan; armancha: Ուրեկլյանց Հարոլդ Գաբրիելի; 1924-yil 28-aprel, Toshkent shahri – 1999-yil 4-noyabr Moskva) – asli kelib chiqishi arman boʻlgan sovet shoiri va tarjimoni.
Hayoti
Garold Gabrielevich Registon SSSR madhiyasi matnining hammuallifi boʻlgan yozuvchi Gabriel Arkadyevich El-Registonning oʻgʻli. Otasing birinchi rafiqasi esa Olga Ivanovna Kalakutskaya boʻlgan.
Garold Gabrielevich Registon 400 dan ortiq qoʻshiqlar matnining muallifi hisoblanadi.
U 1951-yilda A. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan. Oʻzining sheʼrlaridan tashqari, SSSR xalqlari tillaridan koʻplab asarlarni tarjima qilgan. Bastakor Andrey Babaev bilan birgalikda „Men bir qizni uchratdim“ filmidagi qoʻshiqlarni matnini yozgan. Bastakor Arno Babajanyan bilan hamkorlikda u oʻzining eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri „Kutish“ ni yozgan, uni Muslim Magomayev ajoyib ijro etgan.
Garold Gabrielevich Registon 1999-yilda Moskva shahrida vafot etgan hamda Novodevichy qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlari
"Shon-sharaf belgisi" ordeni (1984-yil 24-aprel).
Asarlari
1959-yil – Sevgi va qoʻshiq: Sheʼrlar.
1963-yil – Yurak.
1965-yil – Yetuklik.
1966-yil – Moviy avgust.
1967-yil – Mening davomim (104 sahifa, 25 000 nusxada sotilgan).
1969-yil – Qordagi yulduzlar (Olmaota)
1979-yil – Qayinga aylaning.
1972-yil – Vazifa ovozi (Voenizdat).
1975-yil – Daryo.
1978-yil – Moviy zigʻir: Sheʼrlar (Sovremennik)
1979-yil – Kosmik iamblar.
1980-yil – Yerdagi yoʻl (176 sahifa, 30 000 nusxada sotilgan).
1981-yil – Bir lahza va abadiyat (208 sahifa, 25 000 nusxada sotilgan).
1984-yil – Sevimlilar (Sovremennik).
1995-yil – Oktyabr.
1986-yil – Vaqt shamoli (256 sahifa, 33 000 nusxada sotilgan).
Adabiyotlar
Соловьев Г., За свой поэтич. почерк, «Лит-ра и жизнь», 1959, 28 июня;
Прокофьев А., Нельзя прожить на свете без России!, «Лит. газета», 1966, 1 марта.
Manbalar
uz.wikipedia.org