Gʻarbiy Avstraliya oqimi




Gʻarbiy Avstraliya oqimi - Hind okeanidagi sovuq yuza oqim. Gʻarbiy Shamollar oqimining Avstraliya gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinidagi shim. tarmogʻi. Jan.dan shimolga yoʻnalgan. Suvining temperaturasi qishda 15—19° dan yozda 21—26° gacha. Tezligi yoz oylarida 0,9—1,8 km/soat, qishda sekinlashadi. Janubiy yarim sharning tropiklarida Janubiy passat oqimiga aylanadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz