G’ARBIY AVSTRALIYA OQIMI – Hind okeanidagi sovuq yuza oqim. G’arbiy shamollar oqimining Avstraliya g’arbiy qirg’oqlari yaqinidagi shimoliy tarmog’i. Janubdan shimolga yo’nalgan. Suvining temperaturasi qishda 15-19° dan yozda 21-26° gacha. Tezligi yoz oylarida 0,9— 1,8 km/soat, qishda sekinlashadi. Janubiy yarim sharning tropiklarida Janubiy Passat oqimiga aylanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish