Garbis İstanbulluoğlu




Garbis İstanbulluoğlu (1927-yil 24-fevral — 1994-yil 17-fevral), Tenekeci Gabris laqabi bilan tanilgan sobiq turk futbolchisi va murabbiyi boʻlgan.

Yoshlik yillari



Asli arman millatiga mansub Garbis Istanbulning Fotih shahridagi Kadirga mahallasida tugʻilgan. Uning otasi tunukachi boʻlgan, Garbis esa otasining kasbi (Tenekeji turkcha tunukachi) boʻlgani uchun muxlislar va matbuot tomonidan „Tenekeci Garbis“ deb atalgan.

Faoliyati



İstanbulluoğlu oʻzining mahalliy jamoasi Kadirgaspor bilan futbol oʻynay boshlagan. U 1950-yilda „Vefa SK“ga kelib qoʻshilgan va u yerda 90ta oʻyinda maydonga tushib, 52ta gol urgan. U „Taksim SK“ jamoasida ham uch mavsum oʻynagan.

Milliy terma jamoa



İstanbulluoğlu birinchi boʻlib  Turkiya sharafini himoya qilgan asli arman millatiga mansub futbolchi hisoblanadi. U ilk bor Turkiya terma jamoasi safida 1952-yil 1-iyun kuni Anqarada Shveysariyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va oʻsha uchrashuvida gol urgan. U Turkiya terma jamoasi safida toʻrt marta maydonga tushib, uchta gol urgan. 1953-yil 11-dekabrda Istanbulda Italiya (B) jamoasiga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibda oʻynagan. Biroq bu oʻyin FIFA uchun rasmiy oʻyin hisoblanmaydi.

Murabbiylik



Murabbiylik faoliyatini Taksim SKda boshlagan. 1967\1968-yilgi mavsumda u Taksim SK Turk 2 ligasidada Mehmet Ali Hasning yordamchisi boʻlgan. Keyingi yili u Taksim SKning texnik direktori lavozimiga 1974-yilgacha tayinlangan va jamoa Turk havaskorlar ligasiga tushib ketgan. U shuningdek, Shishli SK boshqaruvchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Har ikki jamoa ham Istanbuldagi arman jamiyati vakillik qiladigan klublar sirasiga kirgan.

Oʻlimi



İstanbulluoğlu 1994-yil 17-fevralda Istanbulda vafot etgan va Shishli arman qabristoniga dafn qilingan.

Statistika



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz