Garaj




Garaj (frans. qarer — yopma ostiga joylashtirish) — avtomobillar saqlanadigan va taʼmirlanadigan, ularga texnik xizmat koʻrsatiladigan bino yoki bino va inshootlar majmui. Yer ostida, yer ustida bir qavatli va koʻp qavatli qilib quriladi. Boksli va manej zalli xillari boʻladi. Boksli G.da avtomobillar turadigan joy bir-biridan sim toʻr bilan ajratiladi, manej zalli G.da birbiridan ajratilmaydi. Koʻp qavatli G. yigʻma temir-beton va oynadan quriladi. G.da avtomobillar yuqori qavatlarga toʻgʻri yoki aylanma kiya yoʻl (ramp)lardan yurib chiqadi yoki lift yordamida koʻtariladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz