Gao Zhunyi
Gao Zhunyi (1995-yil, 21-avgustda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Wuhan Three Towns klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Gao Zhunyi futbolchilik faoliyatini 2009-yilda Shanghai Luckystar klubida boshlagan. 2014-yil, 31-yanvarda u J2 ligasi jamoasi Kataller Toyamaga o‘tdi, bu esa uni Jia Xiuquan va Xu Xiaofeidan keyin Yaponiya professional ligalarida o‘ynagan uchinchi xitoylik futbolchiga aylantirdi. U klubdagi debyutini 2014-yilning 26-martida Yokohama klubiga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazdi va Kataller Toyamada o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi. U klubdagi ilk golini 2014-yil, 29-aprelda Matsumoto Yamaga FCga qarshi o‘yinda (3:2) kiritdi va u klub tarixidagi 18 yosh, 8 oy va 8 kunlik eng yosh to‘purarga aylandi. 2015-yil, 13-yanvarda Kataller Toyama 2014-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng Gao ikkinchi toifadagi Avispa Fukuoka klubiga oʻtdi. U klubdagi debyutini 2015-yilning 1-aprelida Yokohomaga qarshi o‘yinda (2:2) o‘tkazdi.
2015-yilning 3-iyulida Gao Xitoy Superligasi vakili Shandun Lunenga oʻtdi. 2016-yilning 25-fevralida Gao 2017-yilning 31-yanvarigacha Hebei China Fortune jamoasiga ijaraga berildi. U klubdagi debyutini 2016-yilning 4-martida Guanzhou R&F klubiga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, Dong Xueshengning oʻrniga maydonga tushdi. 2017-yilning fevralida Gao I Liga vakili CFR Cluj taklifini rad etganidan soʻng, klubga doimiy ravishda oʻtdi.
2019-yilning 2-fevralida Gao Guangzhou Evergrande jamoasiga o‘tdi.
Xalqaro faoliyati
Gao Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2017-yilning 10-yanvarida Xitoy kubogi-2017 doirasida Islandiyaga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazdi.
Shaxsiy hayoti
Gao Zhunyi — sobiq xitoylik futbolchi Gao Zhongxunning oʻgʻli.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi
2021-yil, 29-dekabr holatiga ko'ra.[13]
Xalqaro statistika
Yutuqlar
Klub
Guangzhou Evergrande Manbalar
uz.wikipedia.org