Ganyushkino




Qurmangʻazi (Ganyushkin)— Atirau viloyati, Qurmangʻazi tumanining maʼmuriy markazi.

Geografiyasi



Viloyat markazi sanalmish Atirau shahridan 245 km masofada, Rossiyaning Astraxan shahridan 113 km uzoqlikda joylashgan.

Aholisi



2010-yil 1-oktyabrdagi sanoq boʻyicha Ganyushkin qishlogʻida 12830 kishini tashkil qildi. Aholining asosiy qismini (94 %) — qozoqlar tashkil qiladi.

Taʼlim



Ganyushkin qishlog'ida 3 ta qozoq maktabi — Abay, Muxtar Auezov, Bauirjan Begaliev nomli o'rta maktablari va bitta rus maktabi — Mixail Lomonosov nomli o'rta maktabi, shuningdek Ganyushkin maktab-internati bor.

Hududiy boʻlinishi



Ganyushkin katta va kichik Ganyushkin, Samarkin, Buzausilan (Bezimyanniy), Rembaza, Qurilisshilar qishlogʻi (PMK), RTS, Kiresli, Japiriq deb nomlanuvchi mikrorayonlardan tashkil topgan.

Manbalar




Havolalr




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz