Gʻanisher Xolmurodov




Gʻanisher Xolmurodov (1994-yil 29-noyabr, Qashqadaryo) Sobiq oʻzbek futbolchisi, darvozabon. Oʻzbekiston sohil futboli terma jamoasi aʼzosi.

Futbolchilik faoliyati



Gʻanisher Xolmurodov oʻzbekistonlik futbolchi boʻlib, darvozabon va 12-raqamda oʻynagan. U Oʻzbekiston Pro ligasi vakili Muborakning „Mash’al“ klubi tarbiyalanuvchisi. Muborakliklar safida asosiy jamoasida birorta uchrashuv oʻtkazmagan. 2013-yil mavsum boshida Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijaraga berildi va birorta uchrashuv oʻtkazmay ikkinchi davrada Kosonning „Alanga“ klubiga oʻtdi. 2013-yil mavsum soʻngida muddatli harbiy hizmatga ketdi. 2014-yilgi mavsumda yana professional futbolga, „Alanga“ safiga qaytdi.

Keyinchalik katta futboldan ketdi va Oʻzbekiston terma jamoasida Plyaj futbolida va havaskorlar futbolida faoliyatini davom ettirmoqda.

Xalqaro faoliyati



Gʻanisher 16 yoshda, 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida 5 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Bir oʻyinda ular 4:1 hisobida magʻlub boʻlishdi, ikkinchisida esa 1:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz