G’ani Valiev




Gʻani Valiyev (1924-yil 17-iyul — 1998-yil 26-mart) — 66-polkining miltiqchilar rotasi piyoda razvedkasi vzvod komandirining yordamchisi, brigadir, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Shuhrat ordeni (SSSR), Vatan urushi ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, Jasurlik uchun medali, Stalingrad mudofaasi uchun medali, Kavkaz mudofaasi uchun medali va Berlinni ozod qilganlik uchun medallari sohibi. SSSR Ichki ishlar vazirligining Toshkent maktabida tahsil olgan. 1942-yildan komsomol aʼzosi. 1945-yildan KPSS aʼzosi. Namangan viloyati urush va mehnat faxriylari kengashi sobiq raisi. Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi xoʻjalik boʻlimi sobiq boshligʻi.

Gʻani Valiyev Ikkinchi jahon urushi vaqtida bir qancha hujum operatsiyalarida qatnashgan, jumladan: Nikopol-Krivoy Rog jangi (1944-yil yanvar-fevral), Bereznegovato-Snigirevskaya jangi (1944 -yil mart), Odessa jangi (1944-yil mart-aprel), Gumbinnen-Goldap operatsiyasi (1944-yil oktyabr), Sharqiy Prussiya (1945-yil yanvar-mart) Berlin hujum operatsiyasi (1945-yil aprel-may).

Hayoti va faoliyati



1924-yil 15-iyulda Turkiston ASSRda (hozirgi O‘zbekiston Namangan viloyati Qurmoq qishlogʻi) dehqon oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1940-yilda Namangan shahridagi 19-son oʻrta maktabni tamomlagan. Keyinchalik kolxozga ishga kirgan. 1942-yil iyun oyida Oʻzbekiston SSR Namangan viloyati Namangan harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil dekabrdan Ulugʻ Vatan urushi frontlarida xizmat qilgan. Stalingrad va Janubiy frontlarda jang qilgan, Stalingrad jangi qatnashchisi. 1943-yil 12-avgustda Donbassni ozod qilish paytida va 1944-yil 11-avgust Polshadagi janglarda ikki marta yaralangan.

1943-yilda tuzalib, urush tugaguniga qadar 28-armiyaning 66-piyoda polkida Ukraina frontida, 1944-yil iyundan Belarussiya frontida, 1944-yil oktyabrdan 1-Belarussiya frontida, 1945-yil apreldan boshlab yana 1-Ukraina frontida jang qila boshlagan. Nikopol-Krivoy Rog (1944-yil yanvar-fevral), Bereznegovato-Snigirevskaya (1944-yil mart), Odessa (1944-yil mart-aprel), Belarus (1944-yil iyun-avgust), Gumbinnen-Goldapskaya (1944—1945-yil mart) va Berlin (1945-yil aprel-may) hujum operatsiyalarida qatnashgan.

66-piyoda polkining (61-piyoda diviziyasi, 128-piyoda korpusi, 28-armiya, 1-Belarussiya fronti) otuvchisi, Qizil Armiya askari Gʻani Valiyev Narew daryosi boʻyidagi Serotskiy koʻprigini muhofaza qilish janglarda jasorat koʻrsatgan. 1944-yil 8-sentyabrda u kuchli dushman hujumi ostida oʻz otryadi jangchilari bilan Serok shahri (Polsha) yaqinidagi Narew daryosini kesib oʻtadi va otryadi bilan suv qirgʻogʻidan hujumga oʻtadi. Ushbu harakatlari orqali u sektorda koʻprik boshini qoʻlga kiritishiga yordam beradi. 8 va 9-sentyabr kunlari Narew daryosining oʻng qirgʻogʻidagi koʻprik uchun boʻlgan janglarda u otryadi bilan dushmanning 4 ta qarshi hujumini qaytaradi. Oʻsha jangda Gʻani Valiyev 17 nemis askari va 1 zobitini yoʻq qiladi.

Frontda nemis bosqinchilariga qarshi jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorati uchun 1944-yil 27-sentyabrda 61-piyoda diviziyasi boʻlinmasi 034/n-son buyrugʻi bilan Qizil Armiya askari Gʻani Valiyev 3-darajali Shuhrat ordeni (SSSR) bilan taqdirlangan.

1944-yil 9-noyabrda Gumbinnen shahri yaqinida (Sharqiy Prussiya, hozirgi Kaliningrad viloyati Gusev shahri) jangda u oʻz otryadi bilan nemis bunkeriga bostirib kirdi va 2 askarni yoʻq qildi. 9-noyabr kuni Shmulken qishlogʻi yaqinida uning otryadi dushman tomonidan toʻsatdan hujumga uchradi. Nemislar voqea joyida 8 nafar askarlarni yoʻq qildi. Gʻani Valiyevga qarshi hujumga oʻtgan 2 nafar dushman askarini voqea joyida oʻldirib, yana bir askarni qoʻlga oldi.

Frontda nemis bosqinchilariga qarshi jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorat uchun 1944-yil 18-dekabrdagi 64/n-son buyrugʻi bilan kichik serjant Gʻani Valiyev 2-darajali Shuhrat ordeni (SSSR) bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorati uchun katta serjant Gʻani Valiyev 1-darajali Shuhrat ordeni (SSSR) bilan taqdirlangan.

1946-yil aprel oyida serjant Gʻani Valiyev demobilizatsiya qilindi. 1950-yilda SSSR Ichki ishlar vazirligining Toshkent maktabini tamomlagan. Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi ichki ishlar boʻlimida xizmat qilgan, oxirgi lavozim shu boshqarmaning xoʻjalik boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 1998-yil 26-martda vafot etgan.

Mukofotlari




Xotirasi



Qahramonning qabriga qabr toshi oʻrnatildi. Gʻani Valiyev va bir qancha ikkinchi jahon urishida qatnashganlar nomi Ivanovo shahridagi Qahramonlar yodgorligida abadiylashtirilgan.

Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz