Gʻani Aʼzamov




Gʻani Aʼzamov (1909-yil 7-yanvar, Toshkent, Rossiya imperiyasi — 2001, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek-sovet teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1961). Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati.

Faoliyati



Aktyorlik faoliyatini 1930-yil Hamza teatrida boshlagan. „Halima“ musiqali dramasidagi Rahim yamoqchi uning birinchi roli. Uygʻunning „Qaltis hazil“ komediyasidagi Mamarasul sahnadagi ilk yutugʻidir. U yuzga yaqin mukammal obrazlar yarat-gan. Domla imom („Boy ila xizmatchi“), Munajjim („Alisher Navoiy“), Arslonsher („Chin muhabbat“), Soqi sum-bat („Togʻa-jiyanlar“), Qambar („Qutlugʻ qon“), Yusuf („Soʻnggi nusxalar“), Omo-nyor („Qonli sarob“), Bobchinskiy („Revizor“), Launs („Veronalik ikki yigit“) va boshqa shular jumlasidan. A. hajviy, dramatik, lirik rollarni bir xil mahorat bilan oʻynaydi. U qanday rol oʻynamasin, oʻzining hajvkorlik isteʼdodini, oʻtkir kiioyasini ishga so-ladi, ushoqrollarni ham hayotiy tafsi-lot bilan boyitib esda qoldiradi. „Romeo va Juletta“, „Gang daryosining qizi“ spektakllaridagi Petr va Nabikori rollarida bir soʻz demasada, oʻz shaxsiya-tidan mahrum, mudroq bosgan, nimjon, irodasiz kishilar qiyofasini gavdalan-tirdi. U yaratgan Moʻmin („Oltin devor“), Almandar („Almandar“) obrazlari aktyor ijodida alohida oʻrin tutadi. Us t a Moʻminda aktyor kulgi talqinini oʻrni-oʻrnida fojiaga yaqinlashtirdi. S. Ahmadning unga atab yozgan „Kuyov“ komediyasida A. gavdalantirgan Gʻani timsolida yolgʻizlik fojiasi yoritildi. Filmlardagi asosiy rollari: Sarta-rosh („Maftuningman“), Qambar choʻloq („Qutlugʻ qon“), Domla imom („Boy ila xizmatchi“), Qora shoh („Ikki dil dosto-ni“), Xolmat („Suyunchi“), Serhunar choy-xonachi („Temir xotin“) va boshqa „Nashtar“ satirik kinojurnalining eng faol ishtirokchilaridan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati. F. Aʼzamov Moʻmin rolida (E. Vohidov, „Oltin devor“).

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz