Gana milliy futbol terma jamoasi
Gana milliy futbol terma jamoasi (akancha: Gaana adehyeman nan-bɔɔl tiim) ommabop laqabi
Qora yulduzlar (akancha: Nsoroma Tuntum), 1950-yildan beri xalqaro futbol musobaqalarida Gana davlati sharafini himoya qilib keladi. Qora yulduzlar Gana Futbol Assotsiatsiyasi (GFA) tomonidan boshqariladi hamda ushbu assotsiatsiya Afrika qitʼasidagi ilk futbol sporti tashkiloti (1920-yili asos solingan). 1957-yildan oldin, terma jamoa Oltin qirgʻoq davlati nomi bilan maydon tushgan.
Shuningdek, Gana terma jamoasi FIFA Jahon chempionati musobaqalarida 2006-yilga qadar ishtirok etmagan, yozgi olimpiada oʻyinlari futbol musobaqalarida 5 marta ishtirok etishgan. Jamoa 4 marta CAF Afrika millatlar kubogi gʻolibi boʻlgan (1963, 1965, 1978 va 1982-yillari) va yana 4 marta kumush medal sohibiga aylanganlar (1968, 1970, 1992 va 2010-yillari). Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionati 2010 musobaqasida, Gana jamoasi chorak finalgacha borib uchinchi Afrika davlatiga aylangan edi.
2005-yilgi muvaqqiyatli odimlardan keyin, terma jamoa FIFA tomonidan yilning eng tez rivojlangan terma jamoasi sovrinini qoʻlga kiritdi va keyin ular 2006-yilgi jahon chempionatining 2-roundiga chiqishdi.
Xodimlar
Soʻnggi maʼlumot: Iyun 2014
Manba: Gana Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy vebsayti
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasida qatnashgan tarkib.
Oʻyin sanasi: 26-iyun 2014
Raqib: Portugaliya
Musobaqa: FIFA Jahon chempionati 2014
Futbolchilar ishtiroki va gollar soni: 26-iyun 2014-yil Portugaliya bilan boʻlgan oʻyingacha boʻlgan statistika boʻyicha hisoblandi.
uz.wikipedia.org