Gana Ayollar Premier-ligasi
Gana Ayollar Premier-ligasi (GWPL) ilgari
Milliy Ayollar Ligasi (NWL) nomi bilan tanilgan, Ganadagi ayollar futboli uchun eng yuqori divizion ligasi. Gana Ayollar Premier-ligasi 2012-yilda tashkil etilgan. Gana Ayollar Premier-ligasining ikki zonasida (janubiy va shimoliy zona) 18 ta klub ishtirok etadi.
Mavsumlar dekabrdan iyulgacha davom etadi, har bir jamoa 16 ta oʻyin oʻtkazadi (oʻz hududidagi barcha 8 ta jamoa bilan uyda va mehmonda oʻynaydi). Aksariyat oʻyinlar shanba va yakshanba kunlari tushdan keyin oʻtkaziladi.
Gana Ayollar Premier-ligasiga bir nechta kompaniyalar homiylik qiladi. Rasmiy sport mahsulotlari homiysi Decathlon GH, fransuz sport tovarlari sotuvchisi Decathlonning Gana filiali va NASCO tashkilotlari shular jumlasidan.
2021-yilning noyabr oyida Hilari Boateng Gana futbol assotsiatsiyasi tomonidan Ayollar Premier-ligasi qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.
Tarixi
2006-yilgacha ayollar futbol ligalari faqat ayrim viloyatlarda faol boʻlgan. 2006-yilda birinchi marta mamlakat chempionati oʻtkazilgan.
Hozirgi Gana Ayollar Premier-ligasi formati birinchi marta 2012—2013-yillarda sinovdan oʻtkazilgan. Gana Ayollar Premier-ligasi ikki divizionda oʻtkaziladi. Gana Ayollar Premier-ligasi bosqichidan soʻng ikkala divizion gʻoliblari chempionat finalida toʻqnash kelishadi. Gana Ayollar Premier-ligasi tarixidagi birinchi finalda Hasaacas Ladies jamoasi Akkra Sports Stadiumda Fabulous Ladies ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Futbol jihozlarining katta qismi FIFA tomonidan homiylik asosida beriladi.
2012—2013-yilgi taʼsischi jamoalar
Dastlabki mavsumning oʻn ikki jamoasi oltita jamoadan iborat ikkita zona (guruh)ga boʻlingan.
2020 — hozirgi kungacha
2021-yilda Gana Futbol Assotsiatsiyasi (GFA) Ijroiya Kengashi Gana Ayollar Premier-ligasini hozirgi formatdagi 16 ta klubdan 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab 18 ta klubga kengaytirishga qaror qildi.
Chempionat finallari
Chempion jamoalar va sovrindorlar roʻyxati:
Chempion jamoalar
Homiylik
2012-yilda tashkil etilganidan beri 2017-yilgacha Gana Ayollar Premier-ligasining asosiy homiysi yoʻq edi va liga ham oddiygina Milliy ayollar ligasi deb atalardi. Biroq, 2018-yilda Groupe Nduom filiali hisoblangan FreshPak tashkiloti Gana Ayollar Premier-ligasining birinchi homiysi sifatida eʼlon qilindi. Kompaniya 2018-yilgi mavsumdan boshlab keyingi ikki mavsumda 500 000 GH ¢ (Gana pul birligida)ga teng miqdorda xarajat qilganini maʼlum qilgan.
2020-yil oktabr oyida Gana futbol assotsiatsiyasi 2020-yildan boshlab keyingi toʻrt yil davomida Gana Ayollar Premier-ligasi uchun futbol toʻplari va sport mahsulotlarini yetkazib berish uchun Decathlon fransuz sport tovarlari firmasining Ganadagi filiali Decathlon GH bilan toʻrt yillik homiylik shartnomasini imzoladi.
OAV yoritilishi
2020-yil fevral oyida Gana futbol assotsiatsiyasi Gana Premer-ligasining 2019—2020-yilgi mavsumidan boshlab olti yilga
StarTimes Television bilan translatsiya huquqi homiylik shartnomasini imzoladi. Bitimning bir qismi sifatida StarTimes birinchi yilda Gana Birinchi ligasi va Gana Ayollar Premer-ligasi oʻyinlarining ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi va yoyilishini qoʻllab-quvvatlash uchun 100 000 dollar ajratdi. Keyingi besh yil davomida Satr Times 50 000 dollar sarflashni rejalashtirmoqda.
Shartnoma doirasida StarTimes Sports va Max TV aksiyadorlari 2020—2021-yilgi Gana ayollar Premer-ligasi finalini va 2020—2021-yilgi Gana ayollar kubogi finalini translatsiya qilishdi.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org