Gan Teik Chai




Jeyms Gan Teik Chai (颜德财) (talaffuzi: jeyms Gan Tek Chay)(1983-yil 5-fevralda tug'ilgan) - malayziyalik badmintonchi sportchilardan biri. U 2004-yilda Ku Kien Keat bilan hamkorlikda o`zining o`yinlarini boshlagan va shu yilda o'tkazilgan Fransiya xalqaro turnirida erkaklar o'rtasidagi juftlik chempionligini qo'lga kiritdi. U Tan Bin Shen bilan 2009-yilda Avstraliya Ochiq Gran-pri turnirida ham g'olib chiqqan. Ong Soon Xok bilan hamkorlikda u 2012-yilda Mavrikiya, Argentina va Braziliyada o'tkazilgan BWF xalqaro turnirida ham g'olib chiqdi.

Yutuqlari



Janubi-Sharqiy Osiyo o'yinlari



Janubi-Sharqiy Osiyo o'yinlari , deb ham tanilgan, ikki yilda bir marta o'tkaziladigan sport tadbirlaridan biridir. Asosiy ishtirokchilari hozirgi Janubi-Sharqiy Osiyoning 11 mamlakatidan tashrif buyuruvchilardilar. O'yinlar janubi-Sharqiy Osiyo o'yinlari Federatsiyasi, xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) va Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) tomonidan nazorat ostiga olingan.

Janubi-Sharqiy Osiyo o'yinlarining beshta subregional o'yinlaridan biri Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA)dir. Shuningdek, Markaziy Osiyo o'yinlari, Sharqiy Osiyo yoshlar o'yinlari, Janubiy Osiyo o'yinlari va G'arbiy Osiyo o'yinlarini misol keltirish mumkin.

Erkak juftliklari

BWF Superseriyalari



2006-yil 14-dekabrda boshlangan va 2007-yilda joriy etilgan BWF Superseriyalari Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasi hisoblanadi. BWF Superseriyalar darajalari Superseries va Superseries Premier ham edi. Superseriya mavsumi butun dunyo bo'ylab 2011-yildan beri joriy qilingan o'n ikkita turnirdan iborat. Muvaffaqiyatli o'yinchilar har yil oxirida o'tkaziladigan Superseriya finaliga taklif qilinardi.

BWF Gran-prisi



BWF Gran-prisi ikki darajaga ega edi, Gran-pri va Oltin Gran-pri. Bu Badminton Jahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 va 2017-yillar oralig'ida o'tkazilgan badminton turnirlari seriyasi edi.

Grand Prix Gold turnirida eng kam mukofot fondi 120 000 AQSh dollari, Gran-pri turnirlarida esa eng kam mukofot fondi 50 000 AQSh dollarini tashkil etdi. Super Seriya turnir;arida sovrinni taqsimlash formulasi bir xil hisoblanadi.

Jahon reyting tizimiga ko'ra, jahon Oltin Gran-Prisi va Gran-Pri seriyasi uchinchi o'rinni egallaydi.

Erkaklar juftliklari

     BWF Grand Prix Gold tournament
     BWF Grand Prix tournament

BWF International Challenge/Seriyalari



Xalqaro Challenge Badminton Jahon Federatsiyasi tomonidan 2007-yildan buyon ro`yhatga o`tgan. Xalqaro Challenge turnirida minimal mukofot puli 25000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Erkaklar juftliklari

     BWF International Challenge tournament
     BWF International Series tournament
     BWF Future Series tournament

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz