Gan Pavel Viktorovich




Pavel Viktorovich Gan (1894.29.6, hozirgi Sebej sh., Rossiyaning Pskov viloyatida — 1967.29.1, Toshkent) — manzarachi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1928-yilda Oʻrta Osiyoga kelib, Samarqandda, 1935-yildan Toshkentda yashagan. Respublika rassomlik bilim yurtida darc bergan (1936—57). Asarlarida Oʻzbekistan, xususan Boʻstonliq manzaralari ("Chirchiq vodiysida", 1952; "Togʻ oqshomi", "Oqshom", 1956; "Chimyon etagida", 1957) aks ettirilgan. Koʻplab etyudlari, portretlarida mehnat ahlini ulugʻlagan, manzaralarida insonni tabiatning ajralmas qismi sifatida aks ettirgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz