Gan (fizik)




Otto Xan (nemischa: Otto Hahn) - nemis kimyogari. Nobel mukofoti laureati (1944).

Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. Bir qancha izotoplarni va yangi radioaktiv element-protaktiniyni (avstriyalik fizik L. Maytner bilan hamkorlikda) kashf etgan; birinchi boʻlib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasini ochgan (1921). Geologik jinslarning yoshini va kristallarning hosil boʻlish jarayonlarini aniqlashda radioaktiv usullarni qoʻllagan; neytronlar taʼsiri ostida uran yadrolarining parchalanishini topgan (nemis fizigi F. Shtrasman bilan hamkorlikda, 1938). Bu kashfiyot yadro energiyasidan foydalanishda dastlabki qadam boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz