Gamma-Karotaj




Gamma-karotaj — togʻ jinslaridagi tabiiy gamma nurlanishni burgʻi quduqlarida oʻrganish usuli. Rus olimlari G. V. Gorshkov, L. M. Kurbatov, A. G. Grammakov, V. A. Shpak (1933) tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan. Togʻ jinslarida tabiiy y nurlanish tarkibida U va Th ning boʻlishi, ularning parchalanish mahsullari 24lBi, 208TL va b. hamda 40K izotoplarini mavjudligiga bogʻliq. G.-k. oʻtkazish uchun integral yoki spektrometrik ssintillyatsiya apparatlari ishlatiladi. G.-k. uran va toriy rudalarini va ular bilan birga uchraydigan kaliyli tuzlar, slyudalar va nodir metallarni izlash, razvedka qilish va ulardan namuna olishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz