GameStop
GameStop – Amerikadagi vidyo oʻyinlar va maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya.
Kompaniya shtab-kvartirasi Texasning Grapevine shahrida joylashgan va dunyodagi eng yirik video oʻyinlar sotuvchisi. 2023-yil 28-yanvar holatiga koʻra, kompaniya GameStop, EB Games, EB Games Australia, Micromania-Zing, ThinkGeek va Zing Pop Culture brendlari ostida AQShda 2949 ta, Kanadada 216 ta, Avstraliyada 419 ta va Yevropada 829 ta doʻkonni boshqaradi. Kompaniya 1984-yilda Dallasda Babbageʼs nomi bilan tashkil etilgan va 1999-yilda hozirgi nomini olgan. 2010-yillarning oʻrtalaridan oxirigacha kompaniyaning faoliyati video oʻyinlar savdosining onlayn xaridlar tizimiga oʻtishi va GameStop kompaniyasining smartfon chakana savdosiga muvaffaqiyatsiz sarmoya kiritishi tufayli pasaydi. 2021-yilda, kompaniya aktsiyalari narxi keskin oshdi. SEC hisobotiga koʻra investorlarning katta miqdorda aksiyalarni sotib olish qobiliyati tufayli amalga oshgan. Kompaniya 2021-yil yanvar va fevral oylarida aksiyalar narxining oʻzgaruvchanligi sababli ommaviy axborot vositalarining katta eʼtiborini tortdi. Endi kompaniya Fortune 500 reytingida 521-oʻrinni egalladi. GameStop chakana savdo doʻkonlaridan tashqari, Game Informer video oʻyinlar jurnaliga egalik qilaib bu orqali oʻzini elektron tijorat biznesiga ega boʻldi va NFT platformasini ishga tushirdi.
Tarixi
Bebbic (1984-1994)
GameStopning tarixiy ildizlari 1984-yilda Garvard biznes maktabining sobiq sinfdoshlari Jeyms McCurry va Gari M. Kusin tomonidan asos solingan Dallas, Texasda joylashgan dasturiy taʼminot chakana sotuvchisi Babbageʼs bilan bogʻlanadi. Kompaniya Charles Babbage sharafiga nomlangan va o'zining birinchi do'konini Dallasning NorthPark markazida kompaniyaning dastlabki investori Ross Perot yordamida ochgan. Kompaniya tezda o'sha paytda hukmron bo'lgan Atari 2600 uchun video o'yinlar savdosiga e'tibor qarata boshladi. Babbage's Nintendo o'yinlarini 1987-yilda sotishni boshladi. Babbage's 1988-yilda ommaviy kompaniyaga aylandi. 1991-yilga kelib, video o'yinlar Bebbij savdosining uchdan ikki qismini tashkil etdi.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org