Gambo




Bamiya , Gambo (Hibiscus esculentus L.) — gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 2,5 m gacha boradi. Tashqi koʻrinishi va gullashi bilan gʻoʻzaga oʻxshaydi. Vatani — Sharqiy Afrika. Navlari sabzavot va tola beradigan guruhlarga boʻlinadi. Hindiston, Afrika va AQShda tola olinadigan navlari ekiladi. Yetilmagan koʻsaksimon mevasi sabzavot koʻkat tarzida suyuq ovqat va salatlarga ishlatiladi. Mevasida 3% oqsil, 0,5% yogʻ, 8% uglevodlar, pishgan urugʻi tarkibida 18% moy bor. Mevasini xomligicha yeyish, pishirish, qovurish, konservalash mumkin. Poyasi oq dagʻal tola beradi; qovurilgan urugʻidan sunʼiy kofe tayyorlanadi. Tropik, subtropik mamlakatlarda, Shim. Amerika, Jan. Yevropa, Zakavkazye, Krim, Ukrainaning janubi, qisman Markaziy Osiyoda, asosan, sabzavot ekini sifatida yetishtiriladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz