GAMBIT
GAMBIT (italyancha dare il gamdetto — chalish) — shaxmatda o’yinni boshlash usullaridan biri. Sipohlarni tezroq o’yinga chiqarish yoki taxta markazida ustunlikka erishish maqsadida dastlabki yurishlardayoq piyoda va ba’zi hollarda esa, hatto, sipoh qurbon qiliiadigan o’yin boshi (debyut)ning nomi. Gambit ayniqsa 19 – va 20-asr boshlarida juda keng tarqalgan edi. Hozirgi zamon musobaqalarida Gambitlarga qarshi puxta himoya usullari topilgani uchun ular kamdan-kam qo’llanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz