GALVANI (GALVANI) LUIDJI



GALVANI (GALVANI) LUIDJI (1737.9.9 – Bolonya – 1798.4.12) italyan Anatomi va fiziologi. Elektr haqidagi ta’limot asoschilaridan biri, eksperimental elektrofiziologiya asoschisi. Muskullarning qisqarishidagi elektr hodisasini birinchi bo’lib tadqiq qilgan va metallar elektrolit bilan tutashganda potentsiallar farqi hosil bo’lishini payqagan. Shu sababli elektr tokining kimyoviy manbai uning sharafiga galvanik elementlar deb nomlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz